Skip to content

About

Koʻcha Profili Studiyasi — Archemistry Urban

Resources

Stars

0 stars

Watchers

0 watching

Forks

Latest commit

 

History

956 Commits

Folders and files

NameName
Last commit message
Last commit date
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Repository files navigation

Koʻcha Profili Studiyasi

Koʻchalarni tahlil qilish va qayta loyihalash uchun brauzer asbobi — Toshkent va Oʻzbekiston sharoitiga moslangan. Archemistry Urban loyihasi.

Ochish: https://iskandararchemistryuz.github.io/kocha-profili-studiyasi/ (GitHub Pages) yoki index.html faylini brauzerda oching. Oʻrnatish shart emas; internet kerak (xarita, sunʼiy yoʻldosh tasviri, OpenStreetMap).

Nima qila oladi

Hudud tahlili — xaritada hudud belgilanadi; sunʼiy yoʻldosh tasviri (Esri World Imagery) piksellari OpenStreetMap qatlamlari bilan birlashtirilib, hudud funksiyalar boʻyicha foizda ajratiladi: qatnov qismi, trotuar, oʻsimlik, binolar, suv va boshqalar.

Koʻcha profili — koʻchani bosganda mavjud koʻndalang kesim avtomatik aniqlanadi (koʻcha boʻylab har 1 m dagi kesimlarning koʻpchilik qiymati). Qatnov qismi sunʼiy yoʻldosh tasviridagi asfalt rangidan aniqlanadi; profil OSM oʻqidan siljishi hisobga olinadi. Chetlar va oʻq xaritada sudrab tuzatiladi. Kutubxonada 34 element (parkovka 0°/30°/45°/90°, yuk/taksi zonasi, BRT, burilish boʻlagi, orolcha, parklet, kiosk, kanal va boshq.). Loyiha profili mavjud holat bilan taqqoslanadi: kenglik ulushlari, oʻtkazuvchanlik, kesib oʻtish masofasi, daraxtlar, parkovka joylari.

Loyiha chizish (YHQ) — koʻchalar xaritada modullardan chiziladi va tugunlarda ulanadi:

  • 49 ta koʻcha moduli va parametrik Konstruktor (boʻlaklar, ajratuvchi, BRT, tramvay, velo, parkovka 0°/30°/45°/90°, dublyor, yomgʻir bogʻlari);
  • radiusli burilishlar, bordyur radiusi bilan chorrahalar, 7 turdagi aylanma halqa (turbo-halqa ham);
  • koʻcha oʻqdan boshqariladi: oʻq — qatnov qismining markazi, tugunlar shu oʻqda; chetni sudraganda ikki tomon simmetrik oʻzgaradi (Alt — bir tomon);
  • eni har xil koʻchalar ulanganda silliq oʻtish (taper) va uzluksiz oʻq chizigʻi;
  • chorrahaga yaqinlashishda qoʻshimcha boʻlaklar (chapga, oʻngga, qayrilish; 1–2 tadan), toʻplanish va oʻtish (taper) uzunligi — avtomatik (vaziyatga qarab) yoki qoʻlda; uzunliklar namuna qiymat, normativ bilan tasdiqlanadi;
  • chorrahaga yaqinlashishda har bir boʻlakka 1.18 strelkalari (toʻgʻri, chap, oʻng, birikmalar, qayrilish) — avtomatik, bosib yoki panelda almashtiriladi;
  • piyoda oʻtish joylari, bekatlar, parklet, veloparkovka, erkin shakllar va yoʻl chiziqlari;
  • yoʻl belgilari katalogi va avtomatik joylashtirish;
  • YHQ mantigʻi boʻyicha tekshiruvlar (band raqamlarini foydalanuvchi kiritadi);
  • nusxa/qoʻyish/koʻchirish, orqaga/oldinga (Ctrl+Z/Y), oʻng tugma menyusi;
  • eksport: PNG, SVG, DXF (mahalliy yoki UTM 42N), GeoJSON, CSV hisob-kitob, 3D koʻrinish va OBJ+MTL.

Konseptual 3D — profil yoki loyiha koʻchasi izometrik taqdimot koʻrinishida: bino, daraxtlar, odamlar, transport, yoʻl belgilari, oʻlchamlar; PNG eksport.

3D shahar — MapLibre GL + OpenFreeMap: OSM binolari hajmda, sunʼiy yoʻldosh va loyiha qatlami.

Xaritalar — Esri sunʼiy yoʻldosh, OSM nomlar va maʼmuriy chegaralar (Overpass), OpenStreetMap, CARTO Voyager, Google sunʼiy yoʻldosh (foydalanuvchining Map Tiles API kaliti bilan).

AI · hudud bahosi (ai.html) — hudud doira, toʻrtburchak yoki erkin chegara bilan tanlanadi; «Faqat hudud ichi» — tashqarisi xaritada, albomda va 3D da kesiladi. Qatlamlar: piyoda tarmogʻi, bekatlar, 15 daqiqa xizmatlari, binolar, yashil/suv, temir yoʻl, metro, tramvay, aeroport, yer foydalanish. Shovqin proksi — magistral yoʻllar, temir yoʻl/tramvay va aeroport (uchish-qoʻnish yoʻlagi va parvoz koridori) boʻyicha masofa; oʻlchov emas. 3D / vektor — hudud 3D modeli: koʻrinish (NW/NE/SW/SE izometriya, yuqoridan, koʻz sathi, perspektiva, soyalar), grafika (konturiz, ingichka kontur, oq-qora), qatlamlar va ranglar, ikonkalar ustunda; yuklab olish: SVG (vektor illyustratsiya), PNG, OBJ+MTL, DXF (3DFACE + rejadagi chiziqlar), STL (1:1000–1:10 000, mm), GLB, DAE (SketchUp); albomga yuborish.

Dizayn-kod · peshlavha (dizaynkod.html) — Toshkent dizayn-kodi (Kengash qarori 2026-yil 17-fevral, VII-19-17-14-0-K/26, 2-ilova, P2.3 §2) boʻyicha peshlavhani fasad rasmida tekshirish. 4 qadam: rasm → eshik (tekislash va masshtab eshik oʻlchami boʻyicha) → fasad chegaralari va qavatlar → viveska. Har bir talab boʻlim, bet va soʻzma-soʻz iqtibos bilan; xato boʻlsa «Tuzatish» tugmasi. Yaqinlashtirish, chizgʻichlar, oʻlcham chiziqlari, magnit, kunduzgi/kechki yoritish koʻrinishi. Qoidalar sahifa ichida JSON koʻrinishida (205 qoida); hujjatdagi noaniqliklar boʻyicha loyiha talqinlari (Q-01…Q-13) — rasmiy tushuntirish emas.

Tuzilishi

index.html     sahifa
css/app.css    uslublar
js/app.js      butun mantiq

Tashqi kutubxonalar CDN orqali yuklanadi: Leaflet 1.9.4, three.js r128 (3D rejimlarda), MapLibre GL 4.7 (3D shahar).

Maʼlumot manbalari va cheklovlar

  • Sunʼiy yoʻldosh tasviri: Esri World Imagery (olingan sanasi nomaʼlum). Xarita va obyektlar: © OpenStreetMap hissadorlari (Overpass API). Manzil qidiruvi: Photon / Nominatim.
  • Piksel tasnifi rang indeksiga (ExG) va OSM geometriyasiga tayanadi; trotuar koʻpincha taxmin. Natijani joyida tekshiring.
  • Yoʻl chiziqlari va belgilar raqamlanishi Vena konvensiyasi asosidagi tizim boʻyicha; YHQ ilovalari bilan solishtirib tasdiqlash kerak. Modul kengliklari va tekshiruv chegaralari namuna qiymat, normativ emas.
  • Oʻtkazuvchanlik diapazonlari — NACTO, Transit Street Design Guide (2016), indikativ.
  • 3D rejim vizualizatsiya: sirtlar tekis qatlamlar, muhandislik modeli emas.

About

Koʻcha Profili Studiyasi — Archemistry Urban

Resources

Stars

0 stars

Watchers

0 watching

Forks

Releases

Packages

Contributors

Languages